×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O’zbek-qirg’iz hamkorligini yanada chuqurlashtirish bo’yicha navbatdagi tadbirlar ko’rib chiqildi

Joriy yilning 25 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri J. Xodjayev Qirg’iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining o’rinbosari B. Torobayev bilan videokonferensaloqa tarzida muzokaralar o’tkazdi. Tomonlar o’zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Ma’lumot uchun: 2021-yil yakunlari bo’yicha O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 953,5 million dollardan, 2022-yilning birinchi yarmida esa 590 million dollardan oshdi (o’sish o’tgan yilning shu davriga nisbatan 39% tashkil qildi).

Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar batafsil ko’rib chiqildi. Hususan, hozirgi vaqtda O’zbekistonda qirg’iz kapitali asosida 289 korxona faoliyat ko’rsatmoqda. Shundan 129 tasi – qo’shma va 160 tasi yuz foiz xorijiy kapitalga ega korxonadir. Energetika, yengil sanoat, farmatsevtika, avtomobilsozlik, qurilish materiallari va qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, shuningdek, qishloq xo’jaligi texnikasi, yengil avtomobillar va bazalt tolasi ishlab chiqarish sohalarida qo’shma loyihalar sonini ko’paytirishga tayyorlik bildirildi.

2022-2025-yillarda ikki mamlakat o’rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan hamkorlikning boshqa ustuvor yo’nalishlari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarning hayyotga joriy etilishini qo’llab-quvvatlashga o’zaro sodiqlik bildirildi.

 

Manba: mift.uz