×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O‘zbekiston Buxoro va Xorazm viloyatlarining investitsiya salohiyatini mustahkamlamoqda

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Irlandiya xalqaro taraqqiyot tashkiloti (IDI, Irlandiya) rahbariyatini qabul qildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotlariga koʻra, oxirgi yil mobaynida, IDI ekspertlari guruhi Buxoro va Xorazm viloyatlarining sarmoyaviy salohiyatini rivojlantirish boʻyicha ish olib borishmoqda.

Kompaniya vakillari MIFT huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi va IDI o‘rtasida tuzilgan shartnoma bo‘yicha birinchi blokda bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni taqdim etdi. Xususan, kompaniya tomonidan Buxoro va Xorazm viloyatlarining sarmoyaviy salohiyatini rivojlantirish boʻyicha kompleks strategiyalar ishlab chiqilgani, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish mavzusida malaka oshirish dasturi boʻyicha vazirlik va investitsiyalarni jalb qilish uchun mas’ul tashkilotlarning rahbariyati va xodimlari uchun kunduzgi va onlayn formatda oʻquv kurslari yakunlangani taʼkidlandi. Mashg‘ulotlarda Irlandiyaning “Investitsiyalarni jalb etish agentligi” mutaxassislari ishtirok etishdi.

Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari ko‘magida kompaniya mutaxassislari tomonidan hududiy IDI bo‘limlari ham ochilib, har ikki viloyatdagi 25 ta korxonaning investitsiya imkoniyatlarini baholash ishlari yakunlandi. 620 nafar investorga mavjud hududiy imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi, ulardan 16 nafari o‘z qiziqishini bildirib o‘zaro manfaatli investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bular ichida tibbiyot va mehmonxona xizmatlari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, chorvachilik, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish va sotish sohalari mavjud.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha kompaniya vakillari O‘zbekistonda o‘z faoliyatini davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. IDI keyingi muzokaralar chog‘ida ko‘rib chiqiladigan vazirlikning hududiy tuzilmalarini o‘zgartirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha kelgusidagi faoliyat konsepsiyasini ishlab chiqadi va taqdim etadi.

 

Manba: dunyo.info