×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O‘zbekiston va Singapur savdo va sanoat sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda

Joriy yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston delegatsiyasining Singapurga tashrifi doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ushbu mamlakat savdo va sanoat vaziri Gan Kim Yong bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Singapurga bo‘lajak davlat tashrifining tarixiy ahamiyati ta’kidlandi.

– Shu kunlarda ro‘y berayotgan voqealar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sheriklikni barcha sohalarda yanada chuqurlashtirishga kuchli turtki bo‘lib, O‘zbekiston – Singapur munosabatlari tarixida mutlaqo yangi sahifa ochadi, – dedi Gan Kim Yong.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda iqtisodiy sohada tub oʻzgarishlar roʻy berdi. Bu Singapur kompaniyalariga O‘zbekiston bozoriga erkin kirib, faol tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniniyatini yaratdi. Shu munosabat bilan, ularning muvaffaqiyati boshqa investorlarni ham ushbu harakatga jalb qilinganligi ta’kidlandi.

Shu kuni ertalab biznes-forum bo’lib o’tdi, unda ikki mamlakatning yetakchi ishbilarmon doiralarining 200 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning keng koʻlamli ustuvor yoʻnalishlarini qamrab oluvchi 23 ta ikki tomonlama bitimlar roʻyxati imzolandi. Bunday boy natijalar Singapur ishbilarmon doiralarining deyarli barcha tarmoqlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga katta qiziqish bildirayotganidan dalolat beradi.

– Biz iloji boricha ko’proq korxonalar O’zbekistoning va uning ulkan salohiyatini haqida bilishini istaymiz. Buning uchun mamlakatingizga yangi investorlarni jalb etishda doimiy yordam ko‘rsatishga tayyormiz. Shuningdek, biz O‘zbekiston tovarlarining Janubi-Sharqiy Osiyo va butun Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bozorlariga chiqishi uchun ko‘prik bo‘la olamiz, – dedi Singapur savdo va sanoat vaziri.

Uchrashuvdan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu tariqa, davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi bilan Singapur Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hukumatlararo memorandum imzolandi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston-Singapur Savdo-sanoat palatasini tashkil etish va biznes-inkubatorlarni rivojlantirish boʻyicha Singapur tajribasini Oʻzbekistonga jalb etishni belgilovchi qator kelishuvlar qabul qilish masalasi kelishib olindi.

 

Manba: miit.uz