×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat kooperatsiyasi sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

Joriy yilning 11-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot va savdo vaziri Daniyar Amangeldiev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar 2023-yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama tadbirlarga, shu qatorda, oliy darajada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, amalga oshirilayotgan, jumladan, O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishlab chiqilayotgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Ta’kidlanganidek, birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sish sur’ati kuzatilmoqda. Shunday qilib, so‘nggi 5 yil ichida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 6 barobarga o’sib, 2016-yildagi 167,5 million dollardan 2021-yilda 953,6 million dollargacha ortdi. 2022-yilda tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshdi.

Muloqot chog‘ida qator ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligi ta’kidlandi. Xususan, imzolangan hujjatlarga muvofiq Qirg‘izistondagi Qambarota GES-1 va “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish va ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, Qirg‘izistonda avtomobil va tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish, Jalolobod viloyatida yigiruv korxonasini ishga tushirish, ASKUE elektr energiyasini hisobga olish tizimini joriy etish va ishlab chiqarish, kaltsiy karbidini ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar erishilgan kelishuvlarni amaliy ijrosini jadallashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

 

Manba: miit.uz