×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

ITSVda Janubiy Koreyaning Eksimbanki tomonidan qo‘llab-quvvatlangan umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lgan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi

ITSV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida mazkur jamg‘arma tomonidan qo‘llab-quvvatlangan umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lgan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Milliy onkologiya markazi va Kattalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi qurilishi hamda «Toshkent Pharma Park» klasteri hududida farmatsevtika universitetini tashkil etish (1-bosqich) loyihalari shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, «Tibbiyot universitetini tashkil etish» va «Toshkent Pharma Park» innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining ilmiy-o‘quv qismlarini yaratish»  (2-bosqich) loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida ahdlashuv bayonnomasini imzolashni tezlashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Tomonlar, shuningdek, qarz bitimlarini imzolashdan oldingi tartibotlarni soddalashtirish imkoniyatlarini muhokama qildilar va hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini, jumladan, mintaqaviy avtomobil hamda temir yo‘l kommunikatsiyalarini rivojlantirish va sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirishni belgilab oldilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan tashabbuslarni, shuningdek, 2023-2024 yillarda hayotga tatbiq etishga rejalashtirilgan yangi loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

 

Manba: dunyo.info