×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari va Isroil elchisi o‘zaro munosabatlarning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi istiqbollarini muhokama qilindi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Isroil elchisi Ziavet Ben Hillel bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Isroil munosabatlarining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar mintaqaviy va xalqaro masalalarning ayrim jihatlari yuzasidan ham fikr almashdi.

 

Manba: dunyo.info