×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O‘zbekiston delegatsiyasi ESKATOning Transport bo‘yicha qo‘mitasining yalpi majlisida ishtirok etdi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV)  vakillari Bangkokda o‘z ishini boshlagan  Osiyo  va  Tinch okeani iqtisodiy  va  ijtimoiy  komissiyasi  (ESKATO) Transport bo‘yicha qo‘mitasining videokonferensiya vositasidagi yalpi majlisida ishtirok etdi. 

ITSV maʼlumotiga ko‘ra,  yalpi majlis davomida ESKATOning 53 aʼzosi va assotsiativ aʼzo bo‘lgan 9 davlat delegatsiyalari mintaqaviy transport tizimlarini rivojlantirish va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transportning barqaror rivojlanishi to‘g‘risidagi Vazirlar deklaratsiyasini amalga oshirish uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqdilar.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan ESKATO mintaqaviy dasturi doirasida «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston», «Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor», «O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Hindiston» xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish loyihalari, shuningdek, O‘zbekistonda xalqaro yuk tashish xavfsizligini oshirish bo‘yicha boshlangan loyihalar ko‘rib chiqildi.

Maʼlumot uchun: Osiyo va Tinch okeani uchun Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi Tailandning Bangkok shahrida joylashgan BMT Iqtisodiy va ijtimoiy Kengashining beshta mintaqaviy komissiyalaridan biridir. U 1947 yilda Kengashga aʼzo davlatlarning iqtisodiy hamkorligini rag‘batlantirish uchun tashkil etilgan.

 

Manba: dunyo.info