×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O’zbekiston Prezidentining maxsus vakili AQSh elchisi bilan uchrashdi

O’zbekiston Prezidentining Afg’oniston bo’yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev AQSh elchisi Jonatan Devid Xannik bilan muzokaralar olib bordi.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, uchrashuv davomida tomonlar Afg’onistondagi mavjud vaziyatni, Afg’oniston yo’nalishida O’zbekiston-Amerika munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Elchi O’zbekiston rahbariyatining Afg’oniston xalqiga gumanitar yordam ko’rsatish siyosatiga yuksak baho berdi, shuningdek, Afg’oniston muammosini tinch yo’l bilan hal etish borasida ikki tomonlama yaqin hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi.

Tomonlar Afg’onistonda milliy yarashuvga imkon qadar tezroq erishish, shuningdek, mamlakatning yangi hokimiyati tomonidan jahon hamjamiyati oldidagi majburiyatlarini bajarish zarurligi to’g’risida kelishib oldilar.

 

Manba: dunyo.info