×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi Fransiya ommaviy axborot vositalari diqqat markazida

Fransiyaning «Le Club de Mediapart» onlayn-gazetasi sahifasida ” O‘zbekistonning chuqur islohotlar vositasidagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

“2016 yildan buyon modernizatsiya va demokratlashtirish yo‘lida O‘zbekiston islohotlarni izchil amalga oshirmoqda, deb yozadi onlayn-nashr. Ko‘pgina mamlakatlar singari, u ham o‘z iqtisodiyotining o‘sishi va barqaror rivojlanishga qaratilgan islohotlardan o‘tishi kerak. Pandemiya davrida, shuningdek, butun dunyoda faollik pasayganidan so‘ng O‘zbekistonda ilk bor YAIM 80 milliard dollardan oshdi. Davlat nafaqat iqtisodiyotni markazsizlashtirishda, balki xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashda ham muhim o‘rin tutadi”.

Nashrning taʼkidlashicha, ushbu maqsadlar uchun kamida 8 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilingan va eksport hajmi 19 milliard dollarga yetgan.

Maqolada taʼkidlanishicha, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish makroiqtisodiy nuqtai nazardan milliy daromadning oshishi hisobiga hayotga tadbiq etilmoqda, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar oshmoqda. Mamlakatda qariyb 300 ming uy qurilgan, bu o‘tgan yillarga qaraganda o‘n baravar ko‘pdir. Shuningdek, O‘zbekiston 2 million kam taʼminlangan oilani qo‘llab-quvvatladi, holbuki 2017 yilda bu ko‘rsatkich atigi 500 mingtani tashkil etgan edi. Buning uchun ajratilgan mablag‘lar shu davrda 7 barobarga ko‘payib, joriy yilda 11 milliard so‘mga yetdi.

“2023 yil mamlakatda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”, deb eʼlon qilindi”, deb yozadi  «Le Club de Mediapart».

 

Manba: dunyo.info