×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Lavozimidan ozod etilsin

Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan:

➖Asaka tumani hokimi M.Alixonov va Farg‘ona tumani hokimi Sh.Muminov (yer munosabatlarini tartibga solishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etmagani, faoliyatida yo‘l qo‘ygan boshqa jiddiy qonunbuzilish holatlari uchun);

➖Paxtaobod tumani hokimi E.Usmonov, Nurobod tumani hokimi Sh.Yuldashev (rahbarlik etikasi qoidalariga rioya etmagani, xizmat vakolatidan chetga chiqib qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun);

➖“O‘zbekchorvanasl” agentligi direktori B.Atamuradov (Namangan viloyatiga xizmat safari paytida mehmonxonada sodir etgan nomaqbul xatti-harakatlari va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun);

➖Andijon tumani hokimi A.Egamberdiyev (davlat xizmatchisi etikasiga nomunosib xatti-harakatlari, rahbarlik madaniyatini saqlamagani, o‘tkazilgan qabullarda fuqarolarga hurmatsizlikka yo‘l qo‘ygani va faoliyatidagi boshqa kamchiliklari uchun) egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

O‘z faoliyatini davlat siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlarga mos ravishda tashkil etmagani, hokimlarga qo‘yiladigan talablarga rioya etmasdan majlis qatnashchilarini haqorat qilganligi va bu bilan keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lgani uchun Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolovga jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.