×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

AIM bilan sarmoyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori Ulugbek Kasimxodjaevning Annual Investment Meeting (AIM) direktori Valid Fargal bilan videokonferensaloqa rejimida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida investitsiya salohiyati, shuningdek, savdo-iqtisodiy sohalarni rivojlantirish maqsadida xalqaro forumlardagi hamkorlik, O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan AIM Global xalqaro delegatsiyasini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar kelgusida investitsiya loyihalarini ilgari surish va amalga oshirish maqsadida dunyoning hamkor davlatlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilotlar, kompaniyalar va tadbirkorlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Videomuloqot natijasida tomonlar Agentlikning AIM shafeligida o‘tkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etishi doirasida investorlarni jalb qilish, tajriba almashish va tomonlarning qo‘shma faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdi.

Ma’lumot uchun: Har yili o‘tkaziladigan sarmoyaviy yig‘ilish (AIM) mustaqil xalqaro tashkilot – AIM Foundation tashabbusi bo‘lib, rag‘batlantirish strategiyalari samaradorligini oshirish hamda iqtisodiy samaradorlik va kengayish imkoniyatlarini yaratish orqali global iqtisodiyotni kuchaytirishga to‘liq sodiqdir. Jamg‘arma, shuningdek, AIM Global Investment Network va uning 15 sho’ba korxonalarini boshqaradi va shu jumladan Yillik investitsiya yig‘ilishining global va mintaqaviy bo‘limlarini nazorat qiladi.