×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida Investitsiya jamg‘armasini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar ayni paytda Turkiy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish masalasi ustida faol ish olib bormoqda. Joriy yilning 10-11 yanvar kunlari Istanbul shahrida tegishli Bitim loyihasini ishlab chiqish uchun mas’ul bo‘lgan Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekiston ekspertlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston tomonidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakili ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: Turkiy investitsiya jamg‘armasi turkiy davlatlar tomonidan tashkil etilgan birinchi va asosiy qo‘shma moliya institutiga aylanadi va Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning iqtisodiy salohiyatini, ular o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga hizmat qiladi, jamg‘arma mablag‘lari esa qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Jamg‘arma faoliyati: tadbirkorlikni rag‘batlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha har bir ishtirokchi davlatda hujjat loyihasini kelishish boʻyicha ichki tartib-qoidalarni qisqa muddatlarda yakunlash boʻyicha kelishuvga erishildi va rejalashtirilgan qoʻshma tadbirlar doirasida Bitimni imzolashga kelishib olindi.

Turkiy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish 2023-yilga mo‘ljallangan.

 

Manba: miit.uz