×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Bir qator tovarlarni olib kirishdagi miqdoriy cheklovlarni bekor qilish taklif etilmoqda

Maishiy, oshxona va kompyuter uskunalari bo‘lmagan tovarlar uchun muddat va miqdor bo‘yicha bojsiz import cheklovini bekor qilish taklif etilyapti (umumiy qiymati bo‘yicha esa cheklovlar saqlanib qoladi). Maqsad — jahondagi oziq-ovqat tanqisligi sharoitida aholini ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar bilan ta’minlash.

O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi jismoniy shaxslar tomonidan avtomobil yo‘llari (piyodalar), temir yo‘l va daryo o‘tish punktlari orqali olib kiriladigan bir qator tovarlarni bojsiz olib kirish uchun miqdoriy me’yorni bekor qilishni taklif etmoqda.

Gap oshxona idishlari, shuningdek, maishiy, oshxona va kompyuter uskunalaridan tashqari bo‘lgan tovarlar haqida gap ketmoqda (spirtli ichimliklar, jumladan, pivo, tamaki mahsulotlari, parfyumeriya, atir va zargarlik buyumlari bundan mustasno).

Ushbu loyiha VMning azirlar 2018 yil 22 iyundagi «Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni olib o‘tish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi [463-son] qarorining 20−21 bandlarini chiqarib tashlashni nazarda tutadi.

O‘zgartirish jahondagi oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi sharoitida aholini ijtimoiy ahamiyatga ega birlamchi mahsulotlar bilan ta’minlash, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxining oshib ketishini oldini olish, mamlakat fuqarolariga shaxsiy ehtiyojlari uchun mahsulotlarni olib kirishga shart-sharoit yaratish maqsadida kiritilmoqda.

Amalda 6 oy davomida bitta idish-tovoq to‘plamini, boshqa tovarlar uchun har bir tovardan 2 kg (bo‘linmaydigan tovarlar bundan mustasno), 6 oy davomida umumiy og‘irligi 10 kg dan ortiq bo‘lmagan miqdorda olib kirishga ruxsat berilgan.

ITSVning hukumat qaror loyihasiga oid tushuntirish xatida hozirda qayd etilgan tovarlar uchun ham miqdor, ham narx jihatidan cheklov o‘rnatilgan.

Shuningdek, maxsulotlarni mamlakat xududiga olib kirishda miqdoriy cheklovlar o‘rnatilganligi sababli, ularni «yashil yulak» orqali bojxona ko‘rigidan o‘tkazish imkonsiz bo‘lib, barcha jismoniy shaxslar «qizil yo‘lak» orqali bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmokda.

«Xorijiy davlatlarda mahsulotlarni chegara postlaridan olib o‘tishda son va miqdoriy cheklovlar o‘rnatilmagan va faqat mahsulotlarning umumiy qiymatiga cheklov belgilangan», — deyiladi loyiha hujjatida.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning iyul oyidan bir qator tovarlar, jumladan, muzlatgichlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalari, changyutgichlar va boshqa maishiy texnika, shuningdek, kompyuter texnikasini (oyiga bir dona) bojsiz olib kirishga miqdoriy cheklov joriy etilgandi. O‘sha yilning oktabr oyida bu muddat olti oyga uzaytirildi. Belgilangan me’yordan yoki chastotadan ortiq barcha ushbu tovarlar olib kirilayotganda bojxona to‘lovlari undiriladi.

O‘sha yilning fevralidan jismoniy shaxslar ayrim turdagi tovarlarni istisno qilgan holda, davlat chegarasidagi avtomobil yo‘li (piyodalar yo‘li) o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda 300 dollar, temir yo‘l va daryo o‘tkazish punktlari orqali esa — 1000 dollar miqdoridagi tovarlarni mamlakatga boj to‘lovlarini to‘lamasdan olib kirishlari mumkinligi belgilangandi.

Loyiha yuzasidan jamoatchilik muhokamasi 27 sentabrgacha davom etadi.

 

Manba: www.gazeta.uz