×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Infografika: O‘zbekistonning 2022 yil yanvar-dekabr oylaridagi YeOII bilan savdo aloqasi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi infografikasida joriy yilning dekabr oyida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari bilan O‘zbekistonning savdo-sotiqda yuz bergan o‘zgarishlari keltirilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan 2022 yilning yanvar-noyabr oylaridagi tashqi savdo aylanmasi 2021 yilning shu davriga nisbatan 22,7%ga o‘sib, 15,7 mlrd.dollarni tashkil etdi.

Shundan eksport hajmi 5,6 mlrd.dollar, import hajmi esa 10,1 mlrd.dollarga yetgan.

O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida YeOII davlatlarining ulushi 31,4%ni, jami eksport – 28,9%ni, jami import – 33,1%ni tashkil etdi.

2022 yilning yanvar-dekabr oylari yakunida O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo hajmidagi ulushi:

Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi 22,9%ga o‘sdi va 9,3 mlrd. dollarni (O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining 59%i) tashkil etdi. Shundan,

  • eksport – 3,1 mlrd. dollar,
  • import – 6,2 mlrd dollar.

Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 17,9%ga o‘sdi va 4,6 mlrd. dollarni (29%) tashkil etdi. Shundan,

  • eksport – 1,4 mlrd. dollar,
  • import – 3,2 mlrd. dollar.

Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 32,1%ga o‘sdi va 1,3 mlrd. dollarni (8%) tashkil etdi. Shundan,

  • eksport – 979 mln. dollar,
  • import – 281 mln. dollar.

Belarus bilan tashqi savdo aylanmasi 41,5%ga o‘sdi va 536 mln. dollarni (4%) tashkil etdi. Shundan,

  • eksport – 127 mln. dollar,
  • import – 410 mln. dollar.

O‘zbekiston 2020 yilning dekabrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini oldi. Aynan shu uyushma bilan eng yaqin savdo-iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yilib, YeOII bilan yanada integratsiyalashuv ularni yanada mustahkamlash imkonini beradi.

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi bilan savdo aylanmasi qariyb 10 milliard dollarni tashkil etdi. YeOII mamlakatlarining ulushi O‘zbekiston umumiy tovar eksportining 30-31% ini tashkil etadi.

O‘zbekiston 2019 yilda umumiy qiymati 9,42 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi, shundan 2,83 milliard dollarlik mahsulot YeOII hududiga yetkazib berildi. ITSV ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi savdo aylanmasi to‘rt yilda 75% ga oshgan.

An’anaga ko‘ra, O‘zbekiston to‘qimachilik, metallurgiya va kimyo sanoati mahsulotlari, shuningdek, oziq-ovqat, birinchi navbatda, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiladi. Respublikada qurilish materiallari, yog‘ochni qayta ishlash va kimyo sanoati mahsulotlari, shuningdek, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, sut va go‘sht mahsulotlari YeOIIdan olinadi.

YeOIIga yanada integratsiyalashgan holda O‘zbekiston tashqi bozorlarga chiqishda, xususan Vetnam, Eron, Serbiya va Singapur bilan savdo qilishda yanada qulay sharoitlarga ega bo‘ladi.

Avval xabar qilinganidek, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga O‘zbekistonning YeOIIda ishtirok etishi mumkinligini tekshirish va dastlabki baho berish vazifasi yuklatildi.

O‘zbekistonning YeOIIga a’zo bo‘lishiga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqot mamlakatning 14 ta universitetlarida taqdim etildi. Tadqiqot natijalari «Ekonomicheskoye obozreniye» jurnalining saytida chop etilgan bo‘lib, unda ushbu tadqiqotga oid infografika va tahliliy maqolalar joylashtirilgan.

Xususan, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari YeOIIga qo‘shilish qishloq xo‘jaligi, transport sohasi, avtomobil sanoati, to‘qimachilik va poyabzal sanoati, farmatsevtika sanoati, shuningdek, biznes foydalari va boshqa sohalarga qanday ta’siri ko‘rsatishi haqida so‘zlab berdi.

 

Manba: review.uz