×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Infografika: O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonning Fransiya bilan savdosini tahlil qilib, eksport hajmini yanada kengaytirish va oshirishning eng istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan joriy yilning 21-22 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

O‘ndan ortiq muhim ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari to‘plamining qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Mazkur tadbir arafasida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi 5 yil davomida tashqi savdo aloqalarining rivojlanishi va ikki mamlakat savdo salohiyati tahlilini taqdim etuvchi infografika tayyorladi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Fransiya hamkorligi izchil mustahkamlanib, kengayib bormoqda. Hozirgi dinamika O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlik doirasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston rahbarining 2018 yil oktyabr oyida Fransiyaga birinchi rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha avtotransport, turizm, harbiy-texnikaviy hamkorlik, kosmik tadqiqotlar, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, madaniyat va boshqa sohalarga oid 10 ta hujjat imzolandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Fransiya kompaniyalari tomonidan 5 milliard yevroga yaqin investitsiya loyihalari bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Shunday qilib, kelgusida samarali hamkorlik qilish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

O‘zbekistonning Fransiya bilan savdosi

So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1,43 milliard dollarni tashkil etib, 2017 yildagi 257,2 million dollardan 2021 yilda 280,8 million dollarga ko‘tarildi. Shu bilan birga, xususan, aviatsiya texnikasi, zarur mashina va uskunalar, farmatsevtika mahsulotlari, tibbiy asbob-uskunalar va boshqalarni sotib olish hisobiga import hajmi 2,4 barobar oshib, 259,9 million dollarni tashkil etdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston GSP+ benefitsiar maqomini olishi munosabati bilan 2021 yilda meva-sabzavot, xususan, yong‘oq, to‘qimachilik mahsulotlari, gilam mahsulotlari, elektrotexnika mahsulotlarining ayrim turlari eksportida o‘rtacha o‘sish kuzatildi.

Foydalanilmagan savdo salohiyati

Savdo munosabatlarimizdagi muayyan nomutanosiblikka qaramay, so‘nggi besh yilda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 10 foizga o‘sdi, savdo-iqtisodiy hamkorlikda hali foydalanilmagan salmoqli salohiyat mavjud.

Shunday qilib, joriy yilda ham O‘zbekistonning Fransiya bilan savdo aylanmasining o‘sish tendensiyasi davom etmoqda.

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari yakunlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan tovar ayirboshlash hajmi 5,6%ga oshdi va 232,2 mln. dollarni tashkil etdi, O‘zbekiston eksporti 9 barobar oshib, 69,7 mln.dollarni tashkil etdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik salohiyati hali yetarli darajada ochilgan emas va iqtisodiyotlarimizning bir-birini to‘ldirishini hisobga olgan holda, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta istiqbollar mavjud. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bugungi kunda rivojlanishi kerak bo‘lgan eng muhim sohalarni aniqladi. Xususan, O‘zbekiston Fransiya tashqi bozorlarda katta hajmda import qiladigan ayrim turdagi mahsulotlarni fransuz bozoriga yetkazib berish hajmini o‘stirishi mumkin. Bular metallurgiya (mis, rux, buyumlar va qora metallar), kimyo va to‘qimachilik mahsulotlari (tayyor kiyim–kechak, gilam), meva-sabzavot mahsulotlari, shu jumladan qayta ishlangan, polimerlar, ayrim turdagi elektrotexnika mahsulotlari (kabellar, transformatorlar).

Fransiya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi asosiy savdo sheriklaridan biridir

2018 yilda Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasi qabul qilindi. “O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim”ga muvofiq, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdoda eng maqbul davlat rejimi o‘rnatildi, daromadlarga ikki tomonlama soliq solishning oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya va boshqa hujjatlar imzolandi.

2017 yilda Yevropa Ittifoqi bilan “to‘qimachilik protokoli” kuchga kirdi, 2019 yilda O‘zbekiston GSP+ benefitsiar davlatiga aylandi, 2022 yilda “Cotton Campaign” o‘zbek paxtasiga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi.

O‘zbekiston Prezidentining Fransiyaga tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan joriy yilning 21-22 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, faol gumanitar va ta’lim almashinuvlarini davom ettirish masalalari o‘rin olgan.

Bundan tashqari, shu kunlarda Parijda Fransiyaning «MEDEF» tadbirkorlar harakati ko‘magi bilan tashkil etilgan biznes forum bo‘lib o‘tmoqda.

 

Manba: review.uz