×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Konstruktiv muloqot yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga turtki bo‘ladi

2022-yilning 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva AQSh Davlat kotibining global jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Elizabet Kennedi Tryudoni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh hamkorligining bugungi holati va istiqbollari, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarni kengaytirishda “O‘zbekiston bo‘yicha komissiya” (do‘stlik guruhi) faoliyatining o‘rni va samaradorligi qayd etildi.

Muloqotda siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy-gumanitar hamkorlikni, jumladan, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, gender tengligini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, O‘zbekiston parlamenti va hukumati tomonidan ayollar huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan islohotlarga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni faol rivojlantirish, ikki mamlakat hukumatlari oʻrtasidagi muntazam siyosiy aloqalarni faollashtirish, mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻyish, davlat rahbarlarining oʻzaro tashriflari yuzasidan fikr almashildi. Bunday yondashuv ikki tomonlama munosabatlarni barcha sohalarda sifat jihatidan kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

Manba: uzdaily.uz