×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Xorazm viloyatida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar o‘rganildi

Joriy yilning 7-yanvar kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchiligidagi hamda tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlaridan iborat Ishchi guruh Xorazm viloyatining sanoat, investitsiyaviy va eksport salohiyatining joriy holati bilan tanishish va uni rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlarini shakllantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirdi.

Jumladan, Ishchi guruh “Develop Textile”, “New Best Style” MChJ, “Future Industries Systems” MChJ, “Xiva klaster” MChJ, “Xiva ipak fabrikasi”, “Yantex invest” MChJ, “Yangiariq tex” MChJ, “Komila kelajak avlod gilamlari” MChJ korxonalarida bo‘ldi. Loyiha tashabbuskorlari bilan suhbatda tadbirkorlar o’z faoliyati davomida duch keladigan masalalar muhokama qilindi va ularni hal etish algoritmlari joyida ishlab chiqildi. Tegishli rahbarlarga zudlik bilan yordam choralarini ko’rish topshirildi.

Amalga oshirilayotgan ishlardan ko‘zlangan maqsad sanoatning turli tarmoqlarida ishlab chiqarish hajmini oshirish, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni kengaytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, qiynalayotgan korxonalarni loyihaviy quvvatlarga olib chiqish jarayonida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli ishlar samaradorligini oshirishdan iborat. Ushbu chora-tadbirlar qo‘shimcha investitsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bir vaqtda ishlab chiqarish hajmini 2023-yilga mo‘ljallangan ko‘rsatkichlardan kamida 15 foizga oshirish imkonini beradi.

 

Manba: miit.uz