×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Senatda Misrning O’zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o’rinbosari Sodiq Safoyev Misrning O’zbekistondagi elchisi Amira faxmini qabul qildi.

Parlamentning yuqori palatasi ma’lumotlariga ko’ra, uchrashuvda O’zbekiston va Misr o’rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, jumladan, parlamentlararo aloqalarni chuqurlashtirish va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida ikki mamlakat o’rtasidagi do’stona munosabatlarni mustahkamlash, jumladan, turizm, fan, ta’lim, madaniyat, yosh diplomatlar tayyorlash kabi sohalarda o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ko’p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

 

Manba: dunyo.info