×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

“VEON” Ltd. xalqaro aloqa va texnologiya kompaniyasi hisoblanadi.

Bosh qarorgohi Klod Debusilaan, Amsterdam, Niderlandiya shahrida joylashgan.

Yillik daromad 9,5 milliard dollarni tashkil qiladi.

VEON Ltd. (VEON Ltd. NASDAQ va Euronext Amsterdam ro’yxatiga kiritilgan) hozirda xizmat ko’rsatayotgan 235 milliondan ortiq obunachilar uchun shaxsiy internet xizmatlarida birinchi bo’lishni maqsad qilgan global aloqa provayderi.

VEON Rossiya, Jazoir, Pokiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ukraina, Bangladesh, Qirg‘iziston, Armaniston va Gruziya kabi 10 ta bozorda mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. “VEON” “Beeline”, “Kyivstar”, “Jazz”, “Banglalink” va “Jezzy” brendlari ostida ishlaydi.

 “Unitel” MChJ 1996 yilda O‘zbekistonda tashkil etilgan. “Unitel” MChJ “VEON” kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi. Kompaniyaning tijorat faoliyati 1997 yil 25 sentyabrda boshlangan. 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab “Unitel” MChJ “Beeline” savdo belgisi ostida xizmatlar ko’rsatib kelmoqda.

Hozirda “Beeline” O‘zbekistondagi eng yirik aloqa operatori hisoblanadi. 2017 yil oxirida kompaniya abonentlari soni 10 millionga yaqinlashdi.

2008-yil 2-dekabrda “Unitel” MChJ O‘zbekistonda birinchi bo‘lib 3G tarmog‘ining tijorat yo‘lga qo‘yilgani haqida e’lon qildi.

2014-yil 4-sentabr kuni O‘zbekistonda birinchi bo‘lib LTE texnologiyasidan foydalangan holda 4G tarmog‘ini tijorat maqsadlarida foydalanishga topshirdi. Uch yil davomida kompaniya O‘zbekistonning 20 dan ortiq shaharlarida 4G tarmog‘ini kengaytirdi.

Rasmiy saytlar: https://beeline.uz;  https://veon.com