×

Версия для слабовидящих

Call-center
+998 (71) 202-02-10

Без рубрики

Без рубрики

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligiga

Tahliliy ma’lumotlarni shakllantirih bo‘limi bosh mutaxassisi

lavozimiga ishga qabul qilish uchun

TANLOV E’LONI

 

  1. Ma’lumoti oliy - (tegishli yo‘nalish bo‘yicha bakalavr, magistratura);
  2. Ish staji - kamida 3-5 yil tegishli sohalarda va davlat byudjet taskilotlarida;
  3. Chet tilini bilish: o‘zbek tili – erkin, rus tili – erkin, ingliz tili – IELTS 6.0 kam bo‘lmagan darajada

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy malaka talablari:

-  Iqtisodiy tarmoqlarni batafsil tahlil qilish tajribasi;

- Tadbirkorlik va investitsiya faoliyatiga taaluqli qonunlar va normativ xujjatlar bo‘yicha ma'lumotga ega bo‘lishi;

- Tahlil qilish qobiliyatiga va ko‘nikmaga ega bo‘lish;

- Iqtisodiyot, moliya va huquqshunoslik yoki boshqa o‘zaro bog‘liq sohalarda bakalavr yoki magistr darajasiga ega bo‘lish (O‘zbekiston yoki xorijiy oliy o‘quv yurtlarining diplomlari);

- Iqtisodiy va moliyaviy tahlil qilish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertiza qilish. O‘z faoliyati doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni o‘tkazish;

- Amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish va tizimli muvofiqlashtirish;

- Xalqaro tashkilotlar va tahlil qilish markazlarida ishlash tajribasi rag‘batlantiriladi;

- Microsoft Office dasturlarini bilish (Excel, Power Point va boshqalar.);

Asosiy vazifalar:

  • Batafsil tarmoq va sanoat tahlillari taqdim etish;
  • Respublikada investitsiya muhiti va biznes sharoitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Barcha soliq turlari bo‘yicha ma'lumotga ega va unga doir qonun xujjatlarni qo‘llash va xisobotlar tayyorlash;
  • Potentsial investorlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha axborot-tahliliy ma'lumotlar va ularni qullab-quvvatlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi qoidalarni xorijiy investorlar uchun tushunarli bo‘lgan shaklda o‘zgartirish va tadbiq qilish (infografika, bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar, taqdimot va xokazo).
  • Tahlil asosida, dolzarb muammolarni taxlil qilish, tizimlashtirish va takliflar ishlab chiqish.

Aloqa ma’lumotlari:

  • uzipa@invest.gov.uz elektron manzil;
  • (71) 202-02-11 Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida mamlakatimizda investitsiya dasturi doirasida qiymati 5,1 mlrd dollarlik 7 712 ta loyiha ishga tushirildi va natijada 130 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Shu jumladan, joylarda Hukumat komissiyasi faoliyati doirasida qiymati 1,4 mlrd dollarlik 2 021 ta loyiha muddatidan oldin ishga tushirilishi taʼminlandi hamda 26 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining hududiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ma'lumotlari asosida tayyorlandi. https://youtu.be/I1TrOhFgzmY
Hududlarda investisiyalar hajmini keskin oshirish, shu jumladan xorijiy investisiyalarni jalb qilish, yangi sanoat quvvatlarini joylashtirish maqsadida Hukumat komissiyasi qaroriga asosan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan 4 va 5-toifadagi tumanlarga 28 ta konsalting kompaniyalar jalb qilindi. Ushbu kompaniyalar tomonidan qiymati qariyb 7,3 mlrd dollarlik 2 216 ta istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati shakllantirilib, mazkur loyihalarning tizerlari, biznes reja, tumanlarning salohiyatini ko‘rsatib beruvchi taqdimotlar ishlab chiqildi va xorijiy investorlar jalb etish joiz bo‘lgan sanoat, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi. [su_document url="http://invest.gov.uz/wp-content/uploads/SVOD-KONSALTING-LOJI-A-OHIRGISI.xlsx"]
Joriy yilning 25-sentabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Olimxon Rustamov va FAW Jiefang Automobile direktorlar kengashi raisi hamda partiya qo'mitasi kotibi Xu Xanze o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: 1953-yilda tashkil etilgan FAW Group Xitoyning birinchi mashinasozlik kompaniyalaridan hisoblanadi. Avtomobil ishlab chiqarish hajmi bo'yicha Xitoyda ikkinchi o'rinda, og'ir yuk tashuvchi tijorat transporti bo'yicha esa birinchi o'rinda turadi. Kompaniyaning o'rta va katta hajmli mashinalari Xitoyda eng ko'p sotiluvchi yuk avtomobillari qatoridan o'rin olgan. Suhbat davomida Xitoyning China FAW Group Co Ltd kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonning UzAuto Trailer va Vodiy Universal Majmua kompaniyalari bilan birgalikda Andijon viloyatida turli hajmdagi yuk tashuvchi avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarning amalga oshirilishi muhokama qilindi. Shu bilan birga, muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda yuk avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Viloyatdagi tegishli kichik va o‘rta biznes uchun o‘sish omili sifatida ushbu sohani rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. Uchrashuv yakuni bo‘yicha tomonlar muhokama qilingan loyiha va tashabbuslar doirasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlarni belgilab oldilar. [su_image_carousel source="media: 17039,17038,17037"]

Joriy yilning 21-sentabr kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Oybek Xamrayev Singapurning “Surbana Jurong Group” kompaniyasi bosh direktori Shon Chjian bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Tomonlar asosiy eʼtiborini suv taʼminoti va suv resurslarini boshqarish sohasidagi joriy loyihalarni amalga oshirish jarayoniga qaratdi. Shuningdek, kelgusi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar transport va logistika, neft-kimyo, qayta tiklanadigan energetika, shaharsozlik va infratuzilma sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun: “Surbana Jurong Group” 2015 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shaharsozlik va infratuzilma sohalarida Singapurning eng yirik konsalting kompaniyasi hisoblanadi. 40 ta mamlakatda jami 16 ming xodimga ega 120 dan ortiq idoralari mavjud. Kompaniya shu kungacha
16 mingdan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.

 

[su_image_carousel source="media: 17003,17004,17002"]